Xizmatlar Tovarlar Maqolalar
Stomatologiya klinikasi uchun ERP

Musbat Dental

Musbat Dental — stomatologiya klinikasini bitta oynadan boshqarish tizimi: bemorlar, qabullar, davolash, moliya, ombor va xodimlar. Brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet yoki telefonda, hech narsa o'rnatish shart emas.

Nimalar qila oladi

Elektron bemor kartasi

Bemor tarixi, tashriflar va to'lovlar — qidiruvda bir necha soniyada topiladi. Qog'oz kartalar kerak emas.

Interaktiv tish xaritasi

Har bir tish holati xaritada belgilanadi — shifokor ko'rsatadi, bemor o'zi ko'radi va tushunadi.

Qabullar jadvali

Kalendarda yangi qabul 30 soniyada yoziladi; shifokorlar va kreslolar bandligi bir qarashda ko'rinadi.

Davolash rejasi va smeta

Reja bosqichlari va narxi avtomatik hisoblanadi, hisob-faktura shundan tuziladi.

To'lov va qarz nazorati

Har bir hisob-faktura holati kuzatiladi: qoralama, yuborilgan, to'langan. «Qarzdorlar» filtri, bo'lib to'lash.

Moliya va hisobotlar

Kunlik tushum, xarajatlar va foyda — real vaqtda, telefoningizda ham.

Ombor

Materiallar qoldig'i, kirim-chiqim va yetkazib beruvchilar hisobi.

Xodimlar va rollar

Admin, menejer, shifokor, qabulxona, xodim — har kim faqat o'ziga kerakli bo'limni ko'radi. Maosh: belgilangan, soatbay yoki foiz.

SMS eslatmalar

Bemorga qabul haqida avtomatik eslatma — kreslo bo'sh qolmaydi (Maxsus va VIP tariflarda).

Bir nechta filial

Hamma filial — bitta panelda, har biri alohida nazoratda.

Ma'lumotlar xavfsizligi

Ma'lumotlar bulutda saqlanadi, muntazam zaxira nusxa olinadi. Har bir klinika ma'lumoti boshqasidan to'liq ajratilgan. Interfeys o'zbek, rus va ingliz tillarida.

Tariflar

Bepul

0 so'm

Ro'yxatdan o'ting va darhol ishlay boshlang.

Hammabop

1 000 so'm / bemor

Faqat qabul qilingan bemor uchun to'laysiz.

Maxsus

350 000 so'm / oy

Faol klinika uchun belgilangan oylik narx, SMS eslatmalar bilan.

VIP

Kelishilgan holda

Katta klinika va tarmoqlar uchun.

Ko'p beriladigan savollar

Musbat Dental nima?

Musbat Dental — O'zbekistondagi stomatologiya klinikalari uchun bulutli boshqaruv dasturi (dental ERP/CRM). Bemor kartasi, tish xaritasi, qabullar, davolash rejasi, to'lov va qarzlar, ombor, xodimlar va hisobotlar bitta tizimda. Manzili: de.musbat.uz.

Narxi qancha?

Bepul tarif bilan boshlaysiz. Hammabop — har bemor uchun 1 000 so'm. Maxsus — oyiga 350 000 so'm. VIP — kelishilgan holda.

Bepul sinab ko'rsa bo'ladimi?

Ha. de.musbat.uz da ro'yxatdan o'ting — Bepul tarif bilan darhol ishlay boshlaysiz.

Excel yoki daftardan o'tish qancha vaqt oladi?

Bir kun: bemorlar bazangizni import qilamiz va jamoangizni o'rgatamiz. Ertasiga klinikangiz tizimda ishlaydi.

Kompyuterga o'rnatish kerakmi?

Yo'q. Musbat Dental brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet va telefonda.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ma'lumotlar bulutda saqlanadi, muntazam zaxira nusxa olinadi, har bir klinika ma'lumoti boshqasidan to'liq ajratilgan.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O'zbek, rus va ingliz tillarida — har bir xodim o'z tilini tanlaydi.

Qanday bog'lanaman?

Telefon: +998 99 796 77 57, email: support@musbat.uz. Ish vaqti: Du–Ju, 09:00–18:00.

Bog'lanish

+998 99 796 77 57 · support@musbat.uz · Du–Ju, 09:00–18:00

© 2026 Musbat. Barcha huquqlar himoyalangan.